Blue Origin xususiy kompaniyasining New Glenn og‘ir raketaci Marsni o‘rganish bo‘yicha NASA missiyasi doirasida Qizil sayyoraning fazosi va iqlim tarixi tadqiqoti uchun yo‘l oladigan ikki EscaPade zondini orbitaga chiqardi.

Foto: Joe Skipper

New Glenn og‘ir turdagi raketaci Marsda tadqiqotlar o‘tkazish uchun yo‘l oladigan ikkita «egizak» zondni Yer atrofi orbitasiga olib chiqdi. Raketa ishlab chiqaruvchisi — milliarder Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin Amerika aerokosmik korporatsiyasi 13 noyabr kuni Floridadagi Kanaveral qirg‘og‘ida joylashgan kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirish haqida xabar qildi.

Deyarli 100 metr balandlikdagi New Glenn raketaci uchinchi urinishda uchirildi, u AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) buyurtmasiga binoan xususiy Rocket Lab kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zondlarga ega. EscaPade missiyasi doirasida ular Mars atrofidagi fazoni va sayyoraning iqlim tarixini o‘rganadi. Jumladan,

Qizil sayyora atmosferasi va suvini qanday yo‘qotib qo‘yganini tushuntirishga harakat qilinadi.

Missiyaning maqsadi — «Quyoshning Mars o‘tmishi va hozirgi holatiga ta’sirini yaxshiroq tushunish», bu esa, NASA ta’kidlashicha, «kelajakda Marsni tadqiq etuvchi insonlarni Qizil sayyoraga qadam qo‘yishida ehtimoliy xavfli kosmik ob-havodan himoya qilishga yordam berishi mumkin».